» » O‘zbekistonda hafta o‘rtasida quruq va iliq havo oqimi kirishi kuchayib, 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida quruq va iliq havo oqimi kirishi kuchayib, 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun, 18-may kuni O‘zbekistonda yana ob-havoning barqaror bo‘lishi kutilmoqda. Volga bo‘yi hududidan nam va salqin havoning kirib kelishi natijasida mamlakatning Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari, ko‘pgina hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika hududidan sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shamol shiddat bilan esganda uning tezligi 23-28 metrgacha yetadi. Kunduzi havo harorati pasayib 20-25 darajani tashkil etadi.

Ertaga, 19-may kuni respublikaning ko‘pgina hududlarida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.

20-maydan va hafta oxirigacha xorijiy janubdan O‘zbekiston hududiga kirayotgan quruq va iliq havo oqimi kun sayin kuchayadi. Nihoyat respublikada quyoshli havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, dam olish kunlari kechasi 17-20 daraja, kunduzi 32-35 darajaga yetadi, mamlakat shimoli, janubiy va cho‘l zonalarida 37 darajagacha ko‘tariladi.

Qayd etilishicha, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 6-8 darajaga yuqoridir.

Mavzuga doir: Toshkent hokimligi kuchli shamol kutilayotgani sababli avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют