» » Karantin vaqtida ish boshlagan Toshkent vokzali — suratlarda

Karantin vaqtida ish boshlagan Toshkent vokzali — suratlarda


18-maydan boshlab Toshkentdan viloyatlarga aviaqatnov, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda temiryo‘l qatnovi qisman tiklandi. Sputnik nashri karantin vaqtida ishni qayta tiklagan Toshkent vokzalidan fotoreportaj tayyorladi.

Ta’kidlanishicha, poyezdlar qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari bajarilishi ta’minlanmoqda.

Dastlab yo‘lovchilardan COVID-19’ga test tahlili olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilgan. Keyinchalik Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Vokzalga kirayotgan har bir yo‘lovchi dezinfeksiya qilinib, teplovizorda harorati o‘lchanmoqda. Yo‘lovchilar poyezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi. Poyezdlarga elektron chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda. Elektron chipta olish imkoniyati bo‘lmagan yo‘lovchilar temiryo‘l vokzallari kassalaridan chipta olishi mumkin bo‘ladi. Chipta olgan yo‘lovchilar tomonidan yo‘lovchilar so‘rovnomasi (marshrut varag‘i) to‘ldiriladi.

Temiryo‘l vokzallarining yo‘lovchilar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha xodimlari, davlat organlari hamda maxsus xizmat xodimlari kundalik faoliyati davomida bir martalik 8 soatli himoya niqobi va qo‘lqoplar, shuningdek, yuz va ko‘z qismini himoyalovchi maxsus shaffof niqob, dezinfeksiya va antiseptik vositalar bilan ta’minlangan.

Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilar sog‘liqni saqlash xodimlari nazoratiga topshiriladi. Sog‘liqni saqlash xodimlarining xulosasiga ko‘ra, yo‘lovchiga temiryo‘l xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yo‘lovchiga chipta puli o‘rnatilgan tartibda qaytarib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют