» » O‘zbekistonda yanvar—aprel oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yanvar—aprel oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi


2020-yilning yanvar—aprel oylarida respublika korxonalari tomonidan 104,2 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2019-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 94,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 78,4 foiznini tashkil etgan. Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim pritseplar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi — 20,3 foizga teng.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonda 79 614 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 96 727 donani tashkil etmoqda.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yil yanvar—aprel oylari ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi quyidagicha:

Shu bilan birga, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaygan. 2019-yilda — 1 719 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda — 1 237 dona.

Biroq avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paygan. 2019-yilda 63,8 ming dona, 2020-yilda esa 77,1 dona dvigatel chiqarilgan. 2020-yil yanvar—aprel oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 456 donani tashkil etdi (2019-yilda — 164).

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya ushbu holatni “narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deb izohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют