» » Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalarini qurish tenderida 70 ta investor ishtirok etmoqda

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalarini qurish tenderida 70 ta investor ishtirok etmoqda


O‘zbekiston Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur tenderda ishtirok etish uchun dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 70 ta kompaniya va konsorsium ariza bergan.

Ariza berganlar orasida — Saudiya Arabistonining ACWA Power, Yaponiyaning Marubeni, Rossiyaning NovaWind (“Rosatom” tuzilmasi), Amerikaning General Electric, Fransiyaning Total Eren, Janubiy Koreyaning KEPCO va BAAning Masdar kompaniyalari mavjud.

Tender g‘oliblari ushbu loyiha doirasida obyektlarni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va ulardan foydalanishda qatnashadi.

Ushbu shamol energiyasi loyihasi bo‘yicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan umumiy quvvati 1 gigavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Shamol elektr stansiyasi va tegishli infratuzilmani qurish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumani tanlangan. Mazkur strategiya mamlakatda iqtisodiy o‘sib borayotgan elektr energiyasi iste’molini qondirish uchun kelgusi 10 yil ichida quvvati 3 gigavattgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishini ko‘zda tutadi.

Mavzuga doir: Buxoroda quvvati 1,5 ming megavattga teng shamol elektr stansiyasini qurishga kirishildi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning avgust oyida Prezident qaroriga asosan Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish belgilangan edi. Oktabr oyida esa Birlashgan Arab Amirliklari Navoiyda 100 mVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini qurishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют