» » O‘zbekiston 2019-yil dekabrida YeTTB delegatsiyasini qabul qilish uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 2019-yil dekabrida YeTTB delegatsiyasini qabul qilish uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston 2019-yilning 3—6-dekabr kunlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bosh kotibi Enzo Kvatrochoke boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan. 2020-yil 19-may kuni Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan ana shu tashrifning xarajatlari smetasi tasdiqlandi. Hukumatning mazkur farmoyishi bu kabi hujjatlarni ochiq foydalanish uchun e’lon qilish bo‘yicha dastlabki holatlardan hisoblanadi. Spot ana shu farmoyishga e’tibor qaratdi.

Ma’lum bo‘lishicha, xarajatlarning katta qismi transport uchun ketgan — 23,8 million so‘m. Bu mablag‘ uch kun davomida uchta Mercedes-Benz avtomobilidan foydalanish uchun ajratilgan.

O‘zbekiston hukumati nomidan uyushtirilgan qabul marosimi xarajatlari 13,9 million so‘mni tashkil qilgan. Marosimda 15 kishi ishtirok etgan, har bir kishiga 931 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan tashkil qilingan tushlikka 9,7 million so‘m ketgan. Tushlikda qatnashgan 15 kishining har biri uchun 649 ming so‘m ajratilgan.

International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi Dome restorani ijarasi 9,2 million so‘mga tushgan. Konsert dasturi uchun 9 million so‘m ketgan. Esdalik sovg‘alari xaridi 2 million so‘mga baholangan.

Yakunda jami xarajatlar summasi 67,8 million so‘mni tashkil qilgan. Farmoyishda mazkur mablag‘larni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan ajratishni ta’minlash belgilangan.

Avvalroq Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekiston kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollar, O‘zbekiston banklariga yordam tariqasida esa 220 millon dollar kredit liniyalari ajratishi ma’lum bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 5-mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi ushbu moliyaviy institut delegatsiyasini qabul qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют