» » Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili aqli zaif bolani urib, haqorat qilgan ikki o‘smirga berilgan jazodan hayron qolganini bildirdi

Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili aqli zaif bolani urib, haqorat qilgan ikki o‘smirga berilgan jazodan hayron qolganini bildirdi


Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, uni tahqirlagan ikki nafar o‘smirga berilgan jazoni adolatli deb hisoblamasligini aytib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qilgan.

Aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, uni tahqirlagan ikki nafar o‘smirga berilgan jazo meni hayron qoldirdi. Bunday holatlarda aslida jazo insonning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaganligi uchun belgilanishi kerak. Mazkur vaziyatda esa qonunbuzarlik qilgan o‘smirlarning asosiy qilmishi bir chetda qolib, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) va 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan jazolangan. Boshqacha aytganda, qo‘pol qilmish karantin bilan xaspo‘shlangan. Vaholanki, bunga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Qilmish uchun yetarli jazo berilmasligi ushbu holatlarning ko‘payishiga olib keladi

To‘g‘ri, biz bolajon xalqmiz. Bola noto‘g‘ri ish qilsa, uni kechirish kerak deb hisoblaymiz ko‘pincha. Ammo tahqirlangan, buning ustiga yordamga muhtoj bola-chi? Aslida u ko‘proq himoyaga, shafqatga muhtoj emasmi?

Bu kabi voqealar dono xalqimizning ‘qush uyasida ko‘rganini qiladi’, degan maqolini ham yodga soladi. Hali voyaga yetmay turib shafqatsizlik qilishga jazm etgan, birovning izza bo‘lishidan huzurlangan bolalar qanday muhitda katta bo‘lgani kishini o‘ylantiradi. Chunki mehr ko‘rib o‘sgan, to‘g‘ri tarbiya olgan bola bunday ishlarni qilishga hech qachon botinmaydi.

Bir qarashda bizda bola huquqlari himoyasi bilan bog‘liq munosabatlar to‘laqonli tartibga solingandek. Ammo inson huquqlari, ayniqsa, bola huquqlari sohasi shunday tizimki, davr va vaqt o‘tgan sari yangi-yangi o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritilmasa, huquqni ro‘yobga chiqarishda muammolar yuzaga kelaveradi.

‘Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida’gi qonunda bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish kabi choralar belgilangan. Shu bilan birga, davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishi shart. Shu nuqtayi nazardan bola huquqlarini ta’minlash choralarini kuchaytirish bilan birga, bu huquqlarni bolalarga, ota-onalarga ham chuqurroq tushuntirish zarurati bor.

Aliya Yunusova, Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili

Avvalroq Toshkentda aqli zaif bolani urib, haqorat qilgan ikki o‘smirga nisbatan sud qarori chiqarilgani hamda D.X. va O.I.ning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 34-moddasi (Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, ya’ni 1 115 000 so‘m jarima jazosi tayinlangani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют