» » O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga ikkinchi marta yordam jo‘natdi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga ikkinchi marta yordam jo‘natdi


O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda Qirg‘izistonni qo‘llab-quvvatlash uchun mazkur qo‘shni davlatga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini jo‘natdi. Qiymati 248 ming dollarni tashkil qilgan insonparvarlik yordami tarkibiga tibbiy karavotlar va shaxsiy himoya vositalari kirgan. Bu haqda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20-may kuni O‘sh shahrida O‘zbekiston tomonidan koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida jo‘natilgan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston tomonidan mazkur yuk tarkibida qo‘shni mamlakatga 440 dona tibbiy karavot, 1000 dona elektron pirometr, 2500 dona himoya kombinezoni, 150 ming dona tibbiy qo‘lqop hamda 150 ming dona tibbiy niqob jo‘natilgan. Yordamning umumiy qiymati 248 ming dollarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik himoya kombinezoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalardan iborat insonparvarlik yordami jo‘natgandi.

Qirg‘iziston hukumati esa Sardobadagi falokat oqibatida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordami yuborgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют