» » Rossiyada COVID-19 bemorlarining o‘limi bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi

Rossiyada COVID-19 bemorlarining o‘limi bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi


24-may holatiga ko‘ra bir sutka ichida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan 153 nafar kishi kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiya federal tezkor shtabi ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar qilgan.

COVID-19’ga chalinganlar orasida o‘lim qayd etilgani bo‘yicha holatlarning umumiy soni 3541 taga yetdi. Qariyb 2 ming nafar bemor Moskvada vafot etgan, yana 329 kishi — Moskva viloyatida koronavirus infeksiyasi qurboni bo‘lgan. Hududlar miqyosida uchinchi o‘rinda Sankt-Peterburg bormoqda, bu yerda 133 kishi kasallik asoratlari tufayli vafot etgan, to‘rtinchi o‘rinda — Dog‘iston respublikasi (84 ta o‘lim holati).

Rossiyada COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 344,4 mingga yetgan. Ortda qolgan bir sutka davomida 8,5 mingta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Rossiyada oxirgi marta koronavirus infeksiyasi oqibatidagi o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord 22-may kuni kuzatilgan va shu kuni 150 kishi COVID-19 sabab hayotdan ko‘z yumgandi.

22-may kuni Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova koronavirus epidemiyasining cho‘qqisi ortda qolayotganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiya cho‘qqisiga chiqqan vaqtda mamlakatdagi kasallanish ko‘rsatkichi butun dunyoda eng past natijani ko‘rsatgan va hozir ham Rossiyada bu borada pasayish qayd etilmoqda. Sutkalik o‘sish ko‘rsatkichi oxirgi 10 kun davomida pasayib bormoqda, degan Popova.

Mavzuga doir: 

23-may kuni Rossiyada bir sutkada 9434 kishi koronavirusga chalingani va bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 540 kishiga ko‘p ekani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...