» » Tojikistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2929 nafarga yetdi. Bir sutka ichida 2 nafar bemor COVID-19’dan vafot etdi

Tojikistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2929 nafarga yetdi. Bir sutka ichida 2 nafar bemor COVID-19’dan vafot etdi


Tojikistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 24-may holatiga ko‘ra 2929 nafarga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar tarqatgan.

“24-may oqshomi holatiga ko‘ra, Tojikistonda kun davomida koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 191 ta yangi holat aniqlangan, kasallanganlarning umumiy soni 2929 nafarni tashkil qilmoqda. Bir sutka ichida 2 kishi kasallik oqibatida vafot etdi va mamlakatda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida qayd etilgan o‘limlar soni 46 taga yetgan”, – deya agentlikka axborot bergan SSV vakili.

SSV axborot xizmati bergan ma’lumotga asosan 24-may holatiga ko‘ra, Tojikistonda 2772 nafar odam shifokorlar kuzatuviga olingan, ortda qolgan bir sutka ichida 1301 kishi kasallikdan tuzalgan, 565 nafar odam tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan.

Tojikiston hukumati hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi COVID-19’ning oldini olish va davolash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют