» » O‘zbekiston Tojikistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Tojikistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga muvofiq Dushanbega yana bir insonparvarlik yordami yuborildi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Ta’kidlanishicha, bu safar 24 tonnalik yuk dori-darmonlardan, asosan, antibiotiklardan iborat.

“O‘zbekiston hukumati tomonidan Dushanbega taqdim etilgan yordam shahar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmasiga berildi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dushanbe hokimi Rustam Emomali tegishli shahar tuzilmalariga koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun olingan dori-darmonlar maqsadga muvofiq ishlatilishini qat’iy nazoratga olish haqida topshiriq bergan.

Shuningdek, yordam sifatida olingan barcha dori-darmon O‘zbekiston—Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan.

Avvalroq O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga ikkinchi marta yordam jo‘natgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Vengriya, Tojikistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют