» » Rossiyada bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 8984 ta yangi holat qayd etilib, kasallanganlar soni 460 ming nafardan oshdi

Rossiyada bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 8984 ta yangi holat qayd etilib, kasallanganlar soni 460 ming nafardan oshdi


Ortda qolgan bir sutka ichida Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 8984 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Rossiya federal tezkor shtabi ma’lum qilgan.

COVID-19 epidemiyasi mamlakatda boshlanganidan beri jami 467 ming 673 nafar odam kasallikni yuqtirib olgan. 6-iyunda 8855 ta yangi kasallanish holatlari aniqlangani xabar qilingandi.

Bir sutka davomida 134 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Rossiyada kasallanish bilan bog‘liq holatlar ilk bor aniqlangandan beri qayd etilgan o‘lim holatlarining umumiy soni 5859 taga yetgan.

Bir sutkada 5343 nafar bemor kasallikdan tuzalgan. Shu tariqa sog‘ayganlarning umumiy soni 226 ming?731 nafarni tashkil qilmoqda.

7-iyun holatiga ko‘ra, bir sutka davomida koronavirusni aniqlash uchun jami 332 mingta test o‘tkazilgan. Mamlakatda epidemiya davri davomida 12,7 millionta COVID-19 testi amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют