» » Osiyo qit’asidagi bir qator futbol musobaqalarining muddati o‘zgartirildi

Osiyo qit’asidagi bir qator futbol musobaqalarining muddati o‘zgartirildi


Osiyo Futbol Konfederatsiyasi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati, o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda OChL bahslari o‘tkazilish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.

“Unga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 4—15-noyabr kunlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Bahraynda o‘tkaziladigan U-16 Osiyo chempionati 25-noyabr — 12-dekabr kunlariga ko‘chirildi.

Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasi G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentabr oyida o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi keyinroq e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati avval belgilanganidek 14—31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, klublar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati sanasiga ham o‘zgartirish kiritilmagan va ushbu turnir BAAda 2—13-dekabr tashkil etiladi”, — deyiladi xabarda.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati

4—15-noyabr | Turkmaniston

U-16 Osiyo chempionati

25-noyabr — 12-dekabr | Bahrayn

Osiyo Chempionlar Ligasi

Sentabr | guruh va pley-off bosqichi

2—3-noyabr | chorak final bosqichi

24-noyabr | yarim final bosqichi

5-dekabr | final

U-19 Osiyo chempionati

14—31-oktyabr | O‘zbekiston

Klublar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati

2—13-dekabr | BAA.

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют