» » Sardoba toshqinidan so‘ng hududda 42 km gaz quvurlari montaj qilindi, elektr va suv ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda

Sardoba toshqinidan so‘ng hududda 42 km gaz quvurlari montaj qilindi, elektr va suv ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda


Sirdaryo viloyatida 1-may kuni yuz bergan suv toshqinidan so‘ng uchta podstansiya, 105 ta transformator punkti va salkam 344 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 6254 ta elektr ustuni tiklandi va ishga tushirildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov 12-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ofatdan talafot ko‘rgan hududda qayta tiklash va ko‘mak tadbirlari boshlanganidan buyon aholiga qo‘shimcha ravishda ming dona maishiy gaz ballonlari va 200 dona gaz plitasi yetkazib berilgan. 42 kilometrga yaqin gaz quvurlari montaj qilingan.

14 kilometrdan ortiq masofada ichimlik suvi tarmoqlari yotqizilib, 9 kilometrdan ziyod masofada yer qazish ishlari amalga oshirilgan. Talafot ko‘rgan 72 kilometrdan ortiq masofadagi ichimlik suvi tarmoqlariga qo‘shimcha ravishda 34 kilometr masofada tarmoq qo‘shilgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan. Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 20 ta 800 xonadonli va “Navbahor” mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют