» » Markaziy bank: May oyida o‘zbek so‘mi kursi 0,15 foizga qadrsizlandi

Markaziy bank: May oyida o‘zbek so‘mi kursi 0,15 foizga qadrsizlandi


O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yilning may oyida ichki valyuta bozoridagi holatni xo‘jalik yurituvchi subyektlar valyutaga bo‘lgan talabning mo‘tadilligi hamda jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha talab va taklifining nisbatan barqarorlashishi bilan izohladi.

Markaziy bank bergan ma’lumotga ko‘ra, may oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobarga pasaygan.

O‘tgan oyda yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2020-yilning o‘tgan oylari darajasida saqlanib qolgan va 1 milliard AQSh dollaridan ziyodroq mablag‘ni tashkil etgan.

Jumladan, hisobot oyida birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik subyektlari tomonidan 258 million AQSh dollari miqdorida chet el valyutasi sotib olingan bo‘lsa, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi 767 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foizi) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi xorijiy kreditlarni so‘ndirish va qolgan 3 foizi boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.

2020-yilning may oyida ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 5823 tani tashkil etib, aprel oyiga (4971 ta) nisbatan 852 taga ko‘paygan.

Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 354 million AQSh dollarini tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 2,1 barobarga oshgan (2020 yilning aprel oyida 172 million AQSh dollarini tashkil qilgandi). Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan 217 million AQSh dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich aprel oyiga (321 million dollar) nisbatan 32 foizga pasaydi.

May oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 485 million AQSh dollarini tashkil etib, aprel oyi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,9 barobarga yoki 235 million AQSh dollariga oshgan.

Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 892 million AQSh dollarini (Markaziy bankning intervensiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobar oshgan.

Ushbu davrda Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. Bunda Markaziy bank tomonidan sotilgan chet el valyutasining sof hajmi 2020-yilning yanvar-may oylarida sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘lishi ta’minlandi.

Yanvar-may oyida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 56 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari ulushi 20 foizni tashkil etgan.

Hisobot davrida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi. Xususan, 2020-yil may oyi davomida milliy valyuta kursi 0,15 foizga qadrsizlangan (10 133 so‘m/dollardan 10 148 so‘m/dollargacha).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют