» » Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 100 kishiga, Tojikistonda esa 51 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 100 kishiga, Tojikistonda esa 51 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 335 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,2 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 15 877 kishiga yetgan. Hozirga qadar 9902 kishi sog‘aygan, 100 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 6831 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda 18-iyun holatiga ko‘ra, yana 95 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 49 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Kasallanish bo‘yicha yangi qayd etilgan holatlar orasida 14 nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2657 kishiga yetdi, ularning 31 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1933 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladigan bo‘ldi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 564 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 26 874 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 192 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 504 kishiga yetdi, hozirga qadar 6158 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 650 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 60,2 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5211 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 63 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 61 kishiga shifoxonadan javob berilgan bo‘lib, hozirda Tojikistondagi tibbiyot muassasalarida 310 kishi davolanmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 51 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3700 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Toshkent—Dushanbe o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1-iyuldan qayta yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda 18-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 5697 nafarga yetdi. Mamlakatda hozirga qadar 4131 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют