» » O‘zbekistonda yanvar—may oylarida qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yanvar—may oylarida qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—may oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2019-yilning shu davrida 389 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 441,3 ming tonnani tashkil etdi.

Shuningdek, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatilgan. 2019-yilda 437,4 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda 461,6 ming tonnaga yetdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020-yil yanvar—may oylarida neft qazib olishni 2019-yilning shu davriga nisbatan (290,4 ming tonna) biroz oshirdi — 296,3 ming tonnagacha.

Yanvar—may oylarida tabiiy gaz qazib olish 21,1 milliard kub metrni tashkil etgan, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan kam (25,5 milliard kub metr), demak. Gaz kondensatini qazib olishga ham shu holat — 2019-yilda 875,9 ming tonna ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, 2020-yilning yanvar—may oylarida 620 ming tonnaga tushib ketgan.

Avvalroq Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda benzin import hisobiga arzonlashayotgan edi. “O‘zbekneftgaz” xorijiy benzin uchun aksiz solig‘ini to‘rt barobarga oshirishni taklif qildi

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov O‘zbekistonda benzin va dizel narxi pasayishini ma’lum qilgandi. 29-apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzin narxini 500 so‘mga arzonlab, 5500 so‘m, 3-maydan boshlab esa Ai-80 benzini ham 500 so‘mga pasayib, 4000 so‘mdan sotish yo‘lga qo‘yildi. 15-maydan boshlab mamlakatdagi UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-92 benzinining narxi 5000 so‘mga tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют