» » O‘zbekistonda yanvar—may oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yanvar—may oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi


Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil yanvar—may oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019-yilning shu davrida 98 780 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda — 117 925 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yil yanvar—may oylari ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi quyidagicha:

Shuningdek, yuk avtomobillarini ishlab chiqarishda esa kamayish kuzatilgan. 2019-yilda — 2044 dona, 2020-yilda — 1443.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ham ko‘paygan. 2019-yilda 78,3 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 94,2 mingni tashkil etmoqda.

2020-yilning yanvar—may oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 623 donani tashkil etdi (2019-yilda — 338).

Avvalroq Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet brendi ostidagi mashinalar savdosi boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: UzAuto Motors ishlab chiqargan mashinalarni chetdan olib kirishda boj to‘lovini bekor qilish taklif etilmoqda

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya ushbu holatni “narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deb izohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют