» » APL. “Manchester Yunayted” Londonda “Tottenhem”ni mag‘lub eta olmadi

APL. “Manchester Yunayted” Londonda “Tottenhem”ni mag‘lub eta olmadi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 30-turida “Tottenhem” va “Manchester Yunayted” jamoalari 19-iyun, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning 27-daqiqasida Steven Bergveyn londonliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida “shporlar” o‘z jarima maydoni ichida Pol Pogbani qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Belgilangan penaltini Brunu Fernandesh muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Yunayted” 46 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, “Tottenhem” (42) 8-pog‘onadan siljimadi.

APL

30-tur bahslari

19-iyun, juma

Gollar: 1:0 – 27 Bergveyn, 1:1 – 81, penalti Brunu Fernandesh.

“Tottenhem”: Lyoris, Orye, Devis, Sanches, Dayer, Sissoko, Lamela (Jedson Fernandesh, 70), Bergveyn (Lo Chelso, 70), Uinks, Son Hyon Min, Keyn.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Shou, Maguayr, Lindelyof (Matich, 78), Uan-Bissaka, Maktominay (Bayi, 89), Fred (Pogba, 63), Brunu Fernandesh, Jeyms (Grinvud, 62), Marsyal (Igalo, 78), Reshford.

Ogohlantirish: Jeyms (41).

Gollar: 0:1 – 49 Ingz, 0:2 – 54 Armstrong, 0:3 – 79 Redmond.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют