» » Rossiyada bir sutka ichida 7728 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 584 ming nafardan oshib ketgan

Rossiyada bir sutka ichida 7728 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 584 ming nafardan oshib ketgan


Rossiyada 21-iyun kuni oxirgi bir sutka ichida jami 7728 kishida koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 584 ming 680 nafarga yetgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab xabar qilgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Moskva shahrida kuzatilgan, poytaxtda 968 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Keyingi o‘rinlarda Moskva viloyati (+549), Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (+294), Sankt-Peterburg (+229), Nijniy Novgorod (+227), Sverdlovsk (+207) va Voronej (+200) viloyatlari qayd etilgan.

Oxirgi bir sutka davomida Rossiyada 109 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan buyon koronavirus tufayli vafot etganlar soni 8111 nafarni tashkil qilmoqda.

Ortda qolgan vaqt davomida mamlakatda 339 ming 711 kishi kasallikdan tuzalgan, oxirgi bir sutka ichida 5119 kishi infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.

Rossiyada koronavirusni aniqlash yuzasidan 16,9 million laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilgan, 21-iyun holatiga ko‘ra bir sutka davomida 337 mingta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Putinni sudga bergan Chuvashiston sobiq rahbari vafot etdi

17-iyunda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 550 ming nafardan oshgan, 18-iyunda yana 7790 kishida infeksiya aniqlangan, 19-iyunda 7841 ta yangi holat aniqlangan va kasallanganlar soni 570 mingga yaqinlashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют