» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 18 kishida, Janubiy Koreyada esa 17 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 18 kishida, Janubiy Koreyada esa 17 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 18 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlandi. Birorta ham bemor sog‘aymagan hamda vafot etish holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 11 tasi mamlakatning o‘zida, 7 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 26 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 396 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 413 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Xitoy o‘z iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun trillionlab yuan chop etadi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 17 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 438 kishiga, sog‘ayganlar esa 10 881 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlari soni esa 280 kishini tashkil etmoqda.

Janubiy Koreyada may oyining boshidan buyon koronavirus bilan kasallanish holatlarida davriy ravishda sakrash kuzatilayotgandi. Uch haftadan ortiqroq vaqtdan beri yangi kasallanish holatlari kuniga 30-60 kishini tashkil etayotgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazining (KCDC) ta’kidlashicha, kasallanganlarning 11 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 6 nafari chetdan yuqtirgan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 13 kishiga kasalxonalardan javob berilgan. Janubiy Koreyada hozirga qadar koronavirusga 1,18 million kishi tekshirilgan.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi iyun—iyul oylarida O‘zbekistonga bir nechta reyslarni amalga oshiradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют