» » Qashqadaryoda 64 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. U ikki hafta uyida davolanishga uringan

Qashqadaryoda 64 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. U ikki hafta uyida davolanishga uringan


Koronavirus infeksiyasiga chalingan qashqadaryolik bemorning shifokorga kech murojaat qilishi uning vafotiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. ismli erkak shu yilning 7-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga borib, 12-iyun kuni Toshkent—Qarshi tezyurar (“Afrosiyob”) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15-iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qashqadaryolik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 27-bemor bo‘ldi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют