» » O‘zbekistonda 1-iyul kuni 278 kishida koronavirus aniqlandi. Qashqadaryoda kasallikdan ilk o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekistonda 1-iyul kuni 278 kishida koronavirus aniqlandi. Qashqadaryoda kasallikdan ilk o‘lim holati qayd etildi


O‘zbekistonda 30-iyun soat 23:30 dan 1-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 278 ta holat qayd etildi.

Yangi kasallanganlarning

1-iyul davomida tibbiyot muassasalarida 165 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 126 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8781 nafar bemordan 5847 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Qashqadaryo viloyatida koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. ismli erkak 7-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga borib, 12-iyun kuni Toshkent—Qarshi yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida yashash manziliga qaytgan. 15-iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qashqadaryolik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 27-bemor bo‘ldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 40 311 nafar, statsionar karantinda esa 24 576 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют