» » 58-qurbon: Koronavirusga chalingan toshkentlik 53 yoshli ayol vafot etdi

58-qurbon: Koronavirusga chalingan toshkentlik 53 yoshli ayol vafot etdi


Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashagan 53 yoshli M.K. ismli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda; vazirlik axborotida ayol aynan qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

SSV axborotida qayd etilishicha, ayol Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida davolangan (vazirlik axborotida ayol aynan qachon kasalxonaga joylashtirilgani aytilmagan). Unga COVID-19 og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Qayd etishlaricha, ayol shuningdek yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan og‘rigan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

“Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi SSV axborotida.

Bungacha O‘zbekistonda 57 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 11-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq jami 12 513 ta holat ro‘yxatga olingan. Shu vaqtgacha bemorlarning 7 723 nafari sog‘aygan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 11-iyul kuni 486 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi. Aholi orasida kasallanish kamaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют