» » Farg‘onada shokoladni Cobalt’ning motori ustida olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi

Farg‘onada shokoladni Cobalt’ning motori ustida olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi


Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan fuqaro F.Madalimov boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatib tekshirilganda, avtomashinaning old buferi va kapoti ichiga salkam 100 kilogramm shokoladni yashirgan holda olib kirishga uringani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bojxona qonunchiligiga rioya qilishni istamagan huquqbuzar tez eruvchan shokoladlarni mashinaning motori ustiga joylashtirgan.

“Harakatlanish paytida mashina motori qizishi va shokoladlarning erishini inobatga olinganda, ushbu oziq-ovqat mahsulotiga zaharli moddalar o‘rnashishi va inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi yaqqol namoyon bo‘ladi”, — deyiladi bojxona xizmati axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют