» » Italiyaliklar yozda qaysi davlat sayyohlari mamlakatga kelishini xohlamasliklarini ma’lum qildi

Italiyaliklar yozda qaysi davlat sayyohlari mamlakatga kelishini xohlamasliklarini ma’lum qildi


Italiya aholisining uchdan ikki qismi joriy yoz faslida amerikalik turistlarning mamlakatga kelishini istamayapti. Bu haqda The Local nashri ijtimoiy tadqiqot natijalariga tayanib xabar berdi.

Shuningdek, so‘rovnoma ishtirokchilarining 57 foizi xitoylik sayohatchilarni mamlakatda ko‘rishni istamayotganini bildirgan bo‘lsa, britaniyalik turistlarga qarshi respondentlarning 44 foizi ovoz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi tendensiya Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiyada ham kuzatilgan, ekspertlar ushbu mamlakatlardagi har ming kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Har bir mamlakatda amerikalik turistlarga qarshi chiqqanlar soni aholining 61-79 foizini tashkil etgan. Bundan tashqari, ko‘pchilik (57-77 foiz) xitoylik mehmonlarga ham qarshi.

Shu bilan birga, amerikaliklarning o‘zi ham Yevropaga borishga oshiqmayapti. Amerikalik respondentlarning 17 foizigina yozgi ta’tilni Italiyada o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirgan. Fransiya, Ispaniya yoki Germaniya borasida ham xuddi shu kabi ko‘rsatkich qayd etilgan.

Avvalroq Ispaniyada koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohat qilish mumkin bo‘lgan “ultraxavfsiz” hudud paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют