» » O‘zbekiston Rossiyadan ikkita yangi elektrovoz sotib oldi

O‘zbekiston Rossiyadan ikkita yangi elektrovoz sotib oldi


“O‘zbekiston temiryo‘llari” Rossiyadan yangi elektrovozlar olib keldi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent Markaziy vokzalida “Yermak” tipidagi ikkita yangi uch seksiyali elektrovoz, Multi Tasker KRC 1200UZ rusumli ko‘p funksiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi. Yil yakuniga qadar yana shunday elektrovozlarning uchtasi keltirilishi rejalashtirilgan.

Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatga teng. Harakatdagi minimal tezligi 49,9 kilometr/soatni, eng yuqori tezligi 110 kilometr/soatni tashkil etadi. Multi Tasker KRC 1200UZ esa ayni paytda MDH davlatlarida yagona bo‘lgan ko‘p funksiyaga ega kranli mexanizmdir. U Germaniyaning Kirow Ardel GmbH zavodida ishlab chiqariladi.

Taqdimot marosimida, shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ lokomotiv parkidagi yangilangan (modernizatsiya qilingan) ikkita lokomotiv ham taqdim etilgan.

“Ular ‘O‘zbekiston’ deposidagi nafaqat birinchi kapital ta’mirdan chiqqan poyezdlar, balki mamlakatimizda elektrovozlarning kapital ta’mirlanishini yangi bosqichga ko‘tarish uchun dastlabki qadamdir”, — degan elektrovoz mashinisti Vostreykin Vladimir.

Eslatib o‘tamiz, may oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib olishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют