» » Olmazor hokimligi koronavirusga chalingan 60 yoshli tibbiyot xodimi vafot etganini e’lon qildi

Olmazor hokimligi koronavirusga chalingan 60 yoshli tibbiyot xodimi vafot etganini e’lon qildi


Toshkentning Olmazor tumani “Mirzo G‘olib” mahallasida joylashgan 18-oilaviy poliklinika katta hamshirasi Feruza Asqarovna To‘xtayeva koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda 19-iyul kuni Olmazor tumani hokimligi ma’lum qildi.

“COVID-19 kasalligi mehribon ona, fidoyi, jonkuyar, xalqparvar, bemorlar dardiga davo bo‘lib kelgan shirinsuxan hamshira Feruza Asqarovnani oramizdan bevaqt olib ketdi. Bemorlarga yordam ko‘rsatib charchamagan, ayniqsa hozirgi vaqtda fidoyilik ko‘rsatgan Feruza opa so‘nggi vaqtgacha o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashdi”, — deyiladi tuman hokimligi ta’ziyanomasida.

Olmazor tumani hokimligi marhumaning oila a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Feruza To‘xtayeva 1960-yilda tug‘ilgan edi. Olmazordagi hamshiraning vafoti yuzasidan hozircha Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot berganicha yo‘q.

Shunday qilib, bu O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ma’lum qilingan 88-o‘lim holatidir. Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirgacha ushbu holatlarining faqat 85 tasini tasdiqlagan; Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi — Akmal Irisov koronavirusdan vafot etganini e’lon qilgan, biroq hozircha ushbu holatlar SSV tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

Ayni vaqtda, bu O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining koronavirusdan vafot etishi bilan bog‘liq jamoatchilikka ma’lum qilingan ikkinchi holatdir. Avvalroq Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasining O‘rtasaroydagi karantin markazidagi xizmat ko‘rsatishga safarbar etilgan shifokori Alisher Uralov koronavirusga chalinib, 28-iyun kuni vafot etgan edi.

Shifokor Uralovning vafotidan so‘ng uning qizi Shahnoza Hasanova orqali chiqish qilgan, shundan so‘ng 1-iyul kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shifokorning oilasidan ko‘ngil so‘rab borgan, shu kuniyoq oilaga Prezident qarorida belgilangan 250 million so‘mlik kompensatsiya puli o‘tkazib berilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют