» » Xitoy Superligasi. Odil Ahmedov jamoasi so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Xitoy Superligasi. Odil Ahmedov jamoasi so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi


Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 3-turida “Shanxay SIPG” 6-avgust, payshanba kuni “Sindao Huanhay” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga yaqin shanxayliklar himoyachisi Vey Chjen o‘z jarima maydonida qo‘pol o‘ynab, maydondan chetlatildi. Penaltini esa Van Dun aniq bajarib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida mehmonlar ham 11 metrlik jarima zarbasi ishlab oldi. Uni Oskar muvaffaqiyatli amalga oshirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Shu tariqa Shanxay klubi (7 ochko) ushbu ochko yo‘qotishdan so‘ng B guruhi musobaqa jadvalida “Beyjin Guan”ni (9) oldinga o‘tkazib yubordi.

Xitoy Superligasi

3-tur bahsi

6-avgust, payshanba

Gollar: 1:0 – 71, penalti Van Dun, 1:1 – 88, penalti Oskar.

“Sindao Huanhay”: Lyu Chenli, Yaki Yan, Vukovich, Yan Szixao, Lyu Szyashen, Memetabdulla Ezimet, Van Dun, Bali Maymaytiili (Gao Syan, 46), Van Fey (Chu Szyanjun, 46), Alessandrini, Szou Chjen.

“Shanxay SIPG”: Yan Szyunlin, Fu Huan, He Guan, Chan Vey, Van Shenchao, Vey Chjen, Lin Chuan’i (Odil Ahmedov, 46), Arnautovich (Li Shenlun, 65), Miraxmetjan Muzepper, Oskar, Rikardo Lopes.

Ogohlantirishlar: Szou Chjen (62), Oskar (74), Chu Szyanjun (85)

Chetlatish: Vey Chjen (65).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют