» » Xitoyda oqibati o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi xavfli virus aniqlandi

Xitoyda oqibati o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi xavfli virus aniqlandi


Xitoyda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan SFTS deb nomlangan xavfli yangi virus aniqlandi. Bu haqda Global Times nashriga tayanib “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Mutaxassislar ushbu virus, asosan, hasharotlar chaqishi orqali yuqishini aniqladilar. Mamlakatda 2020-yilning birinchi yarmida 60 dan ortiq odamda bu virus aniqlangan, ulardan yetti nafari vafot etgan.

Chjetszyan universiteti virusologi Shen Szifanning ta’kidlashicha, virusning odamdan odamga yuqishini istisno qilib bo‘lmaydi. U qon yoki yiring orqali yuqishi mumkinligini aniqlangan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, SFTS infeksiyasining 60 foizidan ortig‘i Xitoyning sharqidagi Sziyansu provinsiyasida, qolganlari Anxoy va Chjetszyanda qayd etilgan. Kasallanganlarda isitma, yo‘tal, qonda leykotsitlar darajasining pasayishi, shuningdek, trombositlar shakllanishi kabi alomatlar namoyon bo‘lgan.

Mahalliy virusologlarning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi 2011-yilda kashf qilingan bo‘lib, umurtqali hayvonlar, artropodlar va o‘simliklarda uchraydigan bunyaviruslar oilasiga tegishli. Xitoylik shifokorlarning ta’kidlashicha, SFTS hali yaxshi o‘rganilmagan. Shifokorlar ehtiyot bo‘lish hamda gigiyena qoidalariga rioya qilish kerakligini ta’kidlagan.

Avvalroq Xitoyda pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi cho‘chqa grippi aniqlangan edi. Keyinchalik Xitoy hukumati cho‘chqa grippining yangi shtammi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkinligi haqidagi tadqiqot natijalarini ishonchsiz deb topdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют