» » O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


O‘zbekiston hududining katta qismida 10-avgust kuni ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

11-avgust kuni esa mamlakat hududiga kuchsiz havo oqimi kirishi kutilmoqda. Natijada harorat biroz pasayadi — kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajaga bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko‘tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, bunday harorat oyning shu davri uchun xos iqlimiy me’yorga yaqindir.

10—11-avgust kunlari respublika tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют