» » Samarqandda YPX xodimlari bir oilani tunda ko‘chada qoldirgani aks etgan video bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Samarqandda YPX xodimlari bir oilani tunda ko‘chada qoldirgani aks etgan video bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi


Ijtimoiy tarmoqda “Negativ 105: DAN xodimlari bolalarni tunda ko‘chaga tashlab ketishdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu videoda tasvirlangan holat 2020-yilning 7-avgust kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida YPX xodimlari va Epica mashinasi haydovchisi S.M. ishtirokida sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilib, viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Videoda aytilishicha, 7-avgust kuni Toshkentdan Xorazmga ketayotgan Epica avtomobili Kattaqo‘rg‘on tumaniga yetganda tezlikni oshirgan. Buni ko‘rgan YPX xodimlari avtomobilni quvib to‘xtatgan. Shundan so‘ng YPX xodimlari avtomobil salonida bo‘lgan oilaga kuch ishlatgan.

Oila a’zosi bo‘lgan ayolning aytishicha, avtomobil to‘xtatilgach, YPX xodimlari haydovchiga yopishib ketgan.

Epica haydovchisi tomonidan olingan videoda haydovchi ichki ishlar xodimlari uni urganini ma’lum qilgan. Haydovchi va ichki ishlar xodimi o‘rtasida bo‘layotgan tortishuvda xodimning haydovchiga shapaloq tushirgani ham ko‘ringan. Bundan tashqari, mashinada bo‘lgan bolalarning yig‘i ovozi eshitilgan.

“Shundan keyin bolalarning oldida (haydovchining) ko‘ziga, boshiga musht tushirdi. Keyin YPX xodimi hamma joyiga urib tashladi. Buni ko‘rgan xo‘jayinim videoga oldi. Videoga olayotgan vaqtida YPX xodimlari kelib qo‘lini qayirdi, oyog‘iga urib, qo‘llarini chimchilab tashlagan. Bolalarim yig‘lardi. Buni ko‘rib, biz shokka tushib qoldik”, — deya ta’kidlagan ayol.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, holat soat 14:00 atrofida yuz bergan. YPX xodimlari mashina kalitini olib qo‘ygan, bolalarni mashinaga kiritib, konditsionerini yoqishga esa ruxsat bermagan. Ayolning turmush o‘rtog‘iga tegishli telefon ham olib qo‘yilgan.

Uning aytishicha, mashinaga qo‘shib, oila ham kun issig‘ida jarima maydonchasiga olib borilgan va ular jarima maydonchasida tungi soat 03:30 gacha qolib ketgan. Videoda ham oilaning tunda jarima maydonchasida turgani aks etgan lavha mavjud.

Mavzuga doir: YPX faoliyatini tanqid qilib kelgan qashqadaryolik blogerning uyi tintuv qilindi. Fuqaroning barmog‘ini sindirishda ayblanayotgan bloger ishni o‘rganayotgan IIBning xolisligiga ishonmayapti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют