» » Moliyaviy inqiroz, yoshlarga ishonch va Messisiz kelajak. Yangi “Barselona” qanday bo‘ladi?

Moliyaviy inqiroz, yoshlarga ishonch va Messisiz kelajak. Yangi “Barselona” qanday bo‘ladi?


Ayni damda “Barselona” o‘zining afsonaviy tarixidagi ancha murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Azaliy raqib “Real”ga har tomonlama boy berilgan mavsum, moliyaviy inqirozlar va Messining klubdan arazlashi. Bularning barchasi jamoaning kayfiyati va o‘yiniga ta’sir etmay qolmadi. Hozirda “Barselona” va uning muxlislarini sal bo‘lsa-da ovutishi mumkin bo‘lgan yagona imkoniyat bu Chempionlar Ligasidagi g‘alabadir.

2008—2016-yillarda klub tom ma’noda gullab yashnadi. Maydon markazida o‘sha mashhur Xavi—Inyesta tandemi, himoyada esa haqiqiy qoya — Puyol. Jamoaning har uchala afsonasi ham “La Masiya” ya’ni, “Barselona” akademiyasi bitiruvchilari edi.

2010-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritish uchun kataloniyaliklarning bir-yo‘la uch futbolchisi da’vogarlik qildi — Messi, Xavi va Inyesta. Ronaldudek futbolchilar kuchli uchlikka (6-o‘rin) kira olmagandan keyin “Barselona”ning o‘sha paytdagi qudratini o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ravering.

Biroq hozirgi “Barselona”da vaziyat umuman boshqacha. Sehrgarlar juftligi allaqachon nafaqaga chiqib bo‘lgan. 33 yoshli Messi ham endi avvalgidek yugurmayapti. Jamoada o‘sha avlodning asosiy ijrochilaridan Pike (33 yosh) va Buskets (32 yosh) qolgan, xolos. Ammo ular ham o‘ttizlik dovondan oshganiga bir necha yil bo‘ldi.

Jamoaning qolgan vakillari esa asosan yoshlar. Ular hali Yevropa maydonlaridagi g‘alabalarning ta’mini his qilishi kerak, buning uchun esa “Barselona” Messisiz jamoani tuzishi kerak. Boisi daho ertami, kechmi faoliyatini yakunlaydi.

Bo‘lajak yulduzlar

Ehtimol, 2019/20-yilgi mavsum natijalari klubdagilarning ko‘nglini xira qilgandir, biroq “La Masiya”dan ikki nafar yosh iqtidor asosiy jamoaga qabul qilindi. Gap 20 yoshli Rikard Puch va 17 yoshli Ansu Fati haqida bormoqda.

Puch mavsumning ikkinchi yarmida Frenki de Yongning jarohatidan “foydalandi” va maydonda zavq bilan harakat qildi. Ko‘plab ispan nashrlari Rikard Puch Inyestaning merosxo‘ri bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Rikining jamoa natijalaridagi hissasi (La Ligada 508 daqiqa o‘tkazib, 2 ta golga hammualliflik qildi) unchalik ahamiyatli ko‘rinmasa-da, u “Barselona”ning o‘yiniga o‘zgacha bir shijoat va keskinlik bag‘ishlay oldi.

Yosh yarim himoyachida to‘p bilan muomala qilish borasida muammo yo‘q, shuningdek, maydonni juda yaxshi ko‘radi. Muxtasar aytganda u Inyestaning barcha fazilatlariga ega. Agarda biroz tajriba to‘playdigan bo‘lsa, kelajakda jamoaning “miyasi” bo‘ladi.

Ansu Fatining paydo bo‘lishi esa butun Yevropani hayratda qoldirdi. U ushbu yoshida Messidan ko‘proq gol (7 ta) urishga muvaffaq bo‘ldi. “Barselona” uning transfer narxini 400 million yevro etib belgilab, boshqa grand klublarga uning sotilmasligini bildirib qo‘ygandek go‘yo. Aynan Ansu Fati “Barselona”ning kelajakdagi asosiy yulduzlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

“Barselona“ Lionel Messining ketishiga tayyor bo‘lishi kerak

Aslida, bir vaqtlar Lionel Messining o‘rnini egallash uchun Neymar sotib olingandi. Braziliyalik futbolchi haqiqatan ham Kataloniyadagi to‘rt mavsumi davomida o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Messi, Neymar va Suares uchligi butun Yevropani ostin-ustun qilib tashlagan davrni eslang...

Biroq ajoyib kunlarning (2017-yilda) birida Neymar faoliyatini Parijda davom ettirishga qaror qildi. To‘g‘ri, “Barsa” buning evaziga 222 million yevro oldi, lekin uning o‘rniga Messi uchun boshqa bir voris topish masalasi kun tartibiga chiqqandi.

Klub qaysidir ma’noda bunga harakat qildi. Biroq so‘nggi yillarda “Barsa”dagi transferlarning birortasini ijobiy baholash mushkul. Tabiiyki, bu yerda asosiy bosim yana Leoning yelkasiga tushdi. Biroq Messi bu vazifani yana qachongacha bajara olishi noaniq. Klub Messisiz o‘ynashni o‘rganishi kerak.

“Barselona” prezidentligiga nomzodini qo‘ygan Viktor Font aynan shu maqsadi ko‘zlamoqda. U yangi “Barselona”ni Lionel Messisiz qurmoqchi va bor e’tiborni ko‘proq “La Masiya” bitiruvchilariga qaratmoqchi. Ochig‘ini aytganda, klub akademiyasidan Messi darajasidagi o‘yinchining chiqishini kutishning o‘zi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Lekin na iloj, bir vaqtlar aynan Messi sabab futbol sehrgari Ronaldinyodan voz kechilgandi.

Klub prezidenti Bartomeu bir necha yildan beri katta pullar evaziga jamoani kuchaytirmoqchi bo‘lib, qator xaridlarni amalga oshirdi, biroq bu strategiya ham “Barselona”ni inqirozdan olib chiqa olmayapti.

Mavzuga doir: “Barselona”da global qayta qurish: iqtisodiy inqiroz va yozgi transferlar haqida

Xo‘sh, “Barselona“ ni nima kutmoqda?

“Barsa”ning yoshlarga ishonishdan boshqa chorasi yo‘q. Bartomeuning katta-katta xarajatlar qilganini hisobga olib, klub endilikda budjetni barqarorlashtirishga harakat qilishi lozim. Ayniqsa dunyoda pandemiya hukm surib turgan vaqtda. Agar “Barselona”da hozirgi kabi tushunarsiz siyosat davom etadigan bo‘lsa, bu klubning ichki va xalqaro natijalariga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

Puch va Fati bilan bir qatorda “Barselona”da yana ko‘plab iste’dodli yoshlar bor. Ronald Arauxo va Jan-Kler Todibo himoya chizig‘ini bemalol kuchaytira oladi. Bundan tashqari, portugaliyalik Trinkauning kelajakda yangi Krishtianu bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Shunday ekan “Barselona”ning kelajagi yoshlar qo‘lida.

“Barselona” Chempionlar Ligasidagi g‘alaba qozongan taqdirda ham, bu muammolar hech qayerga yo‘qolib qolmaydi. Kataloniyaliklar hozirdan o‘zlari tayyor bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan kelajak haqida o‘ylashni boshlashi kerak.

Boshqa maqolalar:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют