» » O‘zbekistonda 11-avgust kuni 679 kishida koronavirus aniqlandi. 1100 ga yaqin odam sog‘aydi

O‘zbekistonda 11-avgust kuni 679 kishida koronavirus aniqlandi. 1100 ga yaqin odam sog‘aydi


O‘zbekistonda 10-avgust soat 23:30 dan 11-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 679 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun kunlik kasallanish holati 700 ga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 31983 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 679 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda yangi kasallanish holati qayd etildi.

SSV Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 32 yoshli Sh.A. ismli erkak vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli N.K. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 200 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 209 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etganini xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 7 687 nafar bemordan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kun davomida 10 ta hududda 1098 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ikkinchi marta bir kun ichida 1000 dan ortiq bemor sog‘ayishi kuzatilmoqda. 2-avgust kuni 1208 kishi kasallikdan tuzalgandi. Oxirgi 13 kun ichida 12-marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi kasallanganlar sonidan o‘tib ketmoqda.

11-avgust kuni tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan. Kuni kecha SSV koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha asosiy tavsiya va qoidalar ham taqdim etgandi.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 31 983 nafar bemordan 24 090 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 75 foizni tashkil etmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют