» » Sox va Fargona shahri ortasidagi aviqatnovlar An-2 samolyoti va Mi-8 vertolyotida kuniga 2 martadan amalga oshiriladi

Sox va Fargona shahri ortasidagi aviqatnovlar An-2 samolyoti va Mi-8 vertolyotida kuniga 2 martadan amalga oshiriladi


Fargona viloyati Sox tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar oz muddatida sifatli amalga oshiriladi. Bu haqda Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 12-avgust, chorshanba kuni tuman faollari bilan bolib otgan yigilishda malum qildi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining qaroriga kora, Fargona viloyati hokimligiga bir oy muddatda Sox tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qonish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga doir:Bosh vazir Abdulla Aripov Sox tumaniga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda bu borada amaliy ishlar boshlangan. Xususan, Sox tumani Novobod mahalla fuqarolar yigini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan. Shuningdek, Fargona xalqaro aeroportida ham mazkur yonalishda aniq tadbirlar ishlab chiqildi.

Aviaqatnovlarga Ozbekistondagi Humo Air aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga qarashli Mi-8 vertolyotlarini jalb qilish kozda tutilmoqda.

An-2 samolyoti 12 nafar yolovchi sigimiga, Mi-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega. Yolovchilar 3540 daqiqada Fargonadan Soxga yoki Soxdan Fargonaga yetib olish imkoniyatiga ega boladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 marta amalga oshirish moljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviqatnovlar soni kopayishi mumkin.

Transport vazirligi aviaqatnovlarning chipta narxlari yolovchilar uchun maqbul narxlarda bolishi boyicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Qarorda Fargona shahridan Sox tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi boyicha korilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya tolovlarini2020-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgarmasidan qoplanishini va kelgusi yillarda davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taminlash belgilangan.

Avvalroq Prezident Sox tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzolagandi.

Eslatib otamiz, Sox tumanidagi eski aerodromni qayta tamirlab, viloyat markaziga havo yollari orqali borib kelishni yolga qoyish masalasi Qirgiziston bilan chegarada yuz bergan mojarodan keyin kun tartibiga chiqqandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 18:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
:
-
:
20 ... -