» » Onlayn darsga xalal bergan farzandlarini urishib tashlagan namanganlik ayol qo‘shiq kuyladi (video)

Onlayn darsga xalal bergan farzandlarini urishib tashlagan namanganlik ayol qo‘shiq kuyladi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun videodars tayyorlayotgan tarbiyachi opaning videosi tarqaldi. Videolavha so‘ngida tarbiyachining darsga xalaqit berayotgan farzandlarini koyigani aks etgan. Mazkur rolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kulgu va masxara qilindi. Hatto uni turlicha talqin qilib, masxara qiluvchilar ham topildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi esa videorolik yuzasidan munosabat bildirib, uni tayyorlagan Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisini kasbiy etika qoidalarini buzganlikda aybladi va unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganini (aynan qanday jazo turi tanlangani aytilmagan) ma’lum qildi.

Faol bloger Aqida Xonim ayolni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Namanganga borib, Hilola Nurmatova bilan uchrashdi.

“Bu videoni adashib chiqarvorganimdan rosa siqildim. 3-4 kun kasal ham bo‘lib qoldim. Telefonda yaxshi insonlarning yozganlarini o‘qib keyin kayfiyatim ko‘tarildi. Boshliqlarim kelib, ancha qo‘llab-quvvatlashdi. Bunaqa vaziyat bo‘ladi deb o‘ylamagan edim”, — deya xijolat bo‘ladi ayol.

Uchrashuv davomida bog‘cha opa mazkur tashrifdan ko‘ngli juda ko‘tarilganini ta’kidlab, videodarsni “beliga tepgan” “Men seni oylarga bermayman” qo‘shig‘ini birgalashib kuylagan.

Avvalroq Hilola Nurmatova mashg‘ulotlar o‘tish uchun 3-4 marta videorolik olishi, so‘ng ularni maktabgacha ta’lim tashkilotining Telegram’dagi guruhiga tashlab qo‘yishini ma’lum qilgandi.

“Kichkina qizim besh yosh, katta o‘g‘lim yetti yosh — tasvirga olish vaqtida o‘g‘lim yordam berardi. 16-iyul kuni rolik olayotganimda shunday holat bo‘lib qoldi, keyinroq o‘sha voqea yozilgan videoni adashib guruhga tashlab yuboribman. Oradan 15 daqiqalar o‘tib, hamkasbim menga noto‘g‘ri video ketib qolganini aytdi, shundan so‘ng uni o‘chirib, o‘rniga boshqa variantini guruhga tashladim”, — degandi ayol.

Mavzuga doir: Namanganlik bog‘cha tarbiyachisi: “Yaxshi ishlab, o‘zimni ko‘rsatmoqchiman, faqat oldinga yuraman”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют