» » Ko‘chadagi Belarus. Namoyishlarning 6-kuni dayjesti

Ko‘chadagi Belarus. Namoyishlarning 6-kuni dayjesti


Xabaringiz bor, 9-avgust kuni Belarus respublikasida navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko oltinchi marta nomzodini qo‘ydi va bu safar ham ko‘pchilik ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mamlakatda mana olti kundirki namoyishlar to‘xtamayapti. Namoyishlarning oltinchi kunida Belarusdagi ahvol qanday? Bugunga kelib nimalar o‘zgardi? 14-avgust dayjestida shu savollarga javob qidiramiz.

Mavzuga doir:

Bugun Belarus MSK saylov bo‘yicha yakuniy natijalarni e’lon qildi. MSK e’lon qilgan natijalarga ko‘ra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plab, oltinchi marta mamlakat prezidenti etib saylandi. Uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa 10,12 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Qolgan nomzodlar – Anna Kanopatskaya, Andrey Dmitriyev, Sergey Cherechenlar nisbatan kam ovoz to‘pladi.

* * *

Belarusda davom etayotgan namoyishlar vaqtida jami 6 700 kishi politsiya tomonidan hibsga olindi. Ularning aksariyati 13-avgust soat 22:30 da ozodlikka chiqqan bo‘lsa, qolgan qismi bugun, 14-avgust tongida ozodlikka chiqishi xabar qilingan edi.

Hozircha hibsdagilardan qanchasi ozodlikka chiqqani ma’lum emas. Mamlakat IIV o‘rinbosari kecha namoyishchilar bilan uchrashgan va uchrashuv chog‘ida namoyishchilarga nisbatan hech qanday kuch ishlatish holatlari bo‘lmaganini aytdi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalagan xabarlarda va suratlarda namoyishchilarning politsiya tomonidan kaltaklangani holatlari tasvirga tushurilgan suratlar va videolar tarqalib ketdi.

* * *

14-avgust kuni, shuningdek, Belarusning bir qator shaharlaridagi yirik ishlab chiqarish korxonalari ishchilari saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilib namoyishchilarga qo‘shildi. Ular butun mamlakat bo‘ylab ish tashlashlar o‘tkazish bilan tahdid qildi.

Shuningdek, namoyishchilar politsiya tomonidan kuch ishlatilishini to‘xtatishni talab qildi.

Norozilik aksiyasida qatnashganlar orasida Minsk avtomobil zavodi (MAZ), Minsk traktor zavodi (MTZ), Minsk motor zavodi (MMZ), Minsk metropoliteni, “Grodno Azot”, “Belaruskaliy” singari bir qator yirik zavod va korxonalar ham bor.

* * *

Eski-yangi prezident Aleksandr Lukashenko bugun qurilish sohasi muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish boshlanishidan oldin u o‘zi haqida turli mish-mishlarga javob berdi.

Avvalo, shuni aytmoqchimanki, men soppa-sog‘man va bizning ba’zi “aqllilarimiz” “prezident mamlakatni tark etdi va xorijda” kabi mish-mish tarqatganlaridek xorijda emasman.

Aleksandr Lukashenko

Lukashenko uning raqiblari ishlab chiqarish sohasi xodimlarini chalg‘itishga urinayotgani haqida gapirdi va ishchilarni ish tashlashlarda qatnashmaslik haqida ogohlantirdi. Agar ishlab chiqarish to‘xtasa, bu Belarus bilan raqobat qilayotgan davlatlarga qo‘l kelishi mumkinligini aytdi.

“Agar siz bugun 10ta traktor ishlab chiqarmasangiz, uni bozorga olib chiqmasangiz, nemislar va amerikaliklar o‘z texnikalarini Rossiyaga olib keladi”, dedi Lukashenko.

* * *

Muxolifatdagi nomzod Svetlana Tixanovskaya bugun o‘zining navbatdagi videomurojaatini yo‘lladi.

Litvada yashayotgan Tixanovskaya barchani, jumladan, shaharlar merlarini ham tinch namoyishlarda qatnashishga da’vat etdi.

Darvoqe, sobiq madaniyat vaziri, diplomat Pavel Latushko namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

Tixanovskayaning murojaati Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan vaqtga to‘g‘ri keldi.

“Belarusda demokratik qadriyatlarni buzgan yoki inson huquqlarini poymol qilganlarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilishimiz zarur”, deya izoh qoldirdi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

We need additional sanctions against those who violated democratic values or abused human rights in #Belarus.

I am confident today’s EU Foreign Ministers’ discussion will demonstrate our strong support for the rights of the people in Belarus to fundamental freedoms & democracy.

— Ursula von der Leyen (@vonderleyen) August 14, 2020



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют