» » Qashqadaryoda auksiondan g‘isht zavodi sotib olib, zavodning sobiq egalari qarshiligiga uchragan tadbirkor sudda g‘alaba qozondi

Qashqadaryoda auksiondan g‘isht zavodi sotib olib, zavodning sobiq egalari qarshiligiga uchragan tadbirkor sudda g‘alaba qozondi


Qashqadaryo viloyatida auksion savdodan Kitob tumanidagi g‘isht zavodini sotib olib, zavodning sobiq egalari qarshiligiga uchragan va o‘tgan yillar davomida g‘isht zavodidan foydalana olmagan tadbirkor sudda g‘alabaga erishdi. Va zavodga egalik huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda “o‘zini eplolmagan” va bankdan qarzdorligi bo‘lgan g‘isht zavodining auksionda sotilishi hamda zavodning sobiq egalari buni tan olmasligi bilan bog‘liq mojaro 2020-yilning 13-avgust kuni Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilgan.

Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudiga apellatsiya shikoyati kiritgan “Nasaf neft-gaz qurilish va ta’mirlash” MChJ mas’ullari Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yilning 5-iyul kunidagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. “Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash” AJning 2018-yil 19-fevraldagi kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topishni so‘rab yozgan shikoyatini ko‘rib chiqqan Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi 2020-yilning 5-iyul kuni o‘zining qarori bilan tashkil etilgan auksion savdoni haqiqiy emas deb topgan. Natijada zavodni sotib olgan tadbirkor huquqi cheklangan.

Ta’kidlash lozim, 2018-yil 19-fevraldagi kimoshdi savdoda Kitob g‘isht zavodi tadbirkor Bahrom Xoliyorov rahbarligidagi “Nasaf neft-gaz qurilish va ta’mirlash” MChJ tomonidan 690 million 494 so‘mga sotib olingan. Biroq zavod ta’sischisi bo‘lgan “Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash” AJ mas’ullari mazkur auksion savdo natijasini tan olmay, tadbirkorning faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilib kelgan.

Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudining 2020-yilning 13-avgust kunidagi qaroriga ko‘ra, “Nasaf neft-gaz qurilish va ta’mirlash” MChJ mas’ullarining da’vosi qanoatlantirilib, zavodga egalik huquqi tadbirkor Bahrom Xoliyorovga berilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda “o‘zini eplolmagan” va bankdan qarzdorligi bo‘lgan g‘isht zavodi auksionda sotildi. Biroq zavodning sobiq egalari buni tan olmayapti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют