» » Turkiyada karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda

Turkiyada karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda


Turkiyada epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sababli ayrim toifadagi fuqarolar uchun karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Bu haqda 16-avgust kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, cheklovlar Siirt, Gaziantep, Istanbul, Elazig, Van, Kayseri, Bartin viloyatlarida joriy etiladi. Ushbu viloyatlarda 65 yoshdan oshgan kishilarga jamoat transportidan foydalanish, savdo markazlari va bozorlarga tashrif buyurish, pikniklar va diniy va ommaviy marosimlar — unashtiruv, nikoh to‘ylari kabilarga borish taqiqlandi.

Bundan tashqari, ijtimoiy masofalanishga xalal berishi mumkinligi tufayli ayrim viloyatlarda vitrinalar yoki savdo nuqtalaridagi alohida tovarlarni trotuarlarga qo‘yib sotish taqiqlandi, dam olish joylarida saqlanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy masofa 4 metrgacha uzaytirildi.

Shuningdek, Siirt viloyatida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ommaviy tadbirlarda ishtirok etishi cheklandi. Gaziantep viloyatida oy oxiriga qadar har qanday norozilik namoyishlarini o‘tkazish taqiqlandi, Elazig viloyatida to‘ylarni o‘tkazish vaqti uch soat bilan cheklandi.

Avvalroq Italiyada COVID-19’ga chalinganlar soni oshgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirilgani, Fransiyada karantin yumshatilganidan so‘ng COVID-19’ga chalinish bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni oshgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Turkiyada charter reysdan qolib ketgan o‘zbekistonliklar yuzasidan rasmiy izoh berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют