» » Donald Tramp birinchi marta Belarusdagi voqealar haqida o‘z fikrini bildirdi

Donald Tramp birinchi marta Belarusdagi voqealar haqida o‘z fikrini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusda yuzaga kelgan vaziyatni “dahshatli” deb atadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 17-avgust, dushanba kuni Vashington Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda “Belarus xalqiga suverenitet va erkinlikka erishishda yordam berish” istagida ekanligini ma’lum qilgan.

Yevroparlament deputatlari 17-avgust kuni Aleksandr Lukashenkoni Belarusning qayta saylangan prezidenti sifatida tan olmasligini ma’lum qilgan va unga Yevropa Ittifoqidagi Persona non grata maqomini bergan. Shuningdek, Buyuk Britaniya hukumati Belarusda bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olmasligini e’lon qildi.

Aleksandr Lukashenko Belarusning yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin mamlakatda saylovlar qayta o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgandi. BMT bosh kotibi esa Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют