» » YuNISEF O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida 2019-yilda qo‘lni yuvish uchun sharoit bo‘lmaganini ma’lum qildi

YuNISEF O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida 2019-yilda qo‘lni yuvish uchun sharoit bo‘lmaganini ma’lum qildi


O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida 2019-yilda qo‘llarni sovun va suv bilan yuvish uchun zarur sharoit bo‘lmagan. Ayni paytda mamlakatdagi maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvidan foydalanish va 78 foizi asosiy sanitariya sharoitlariga ega. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YuNISEFning Birlashgan monitoring dasturi hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda maktablarning yopilishi 8 milliondan ortiq bolaning ta’lim olishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston hukumati bosqichma-bosqich tarzda maktablarni qayta ochishni rejalashtirar ekan, bu xavfsiz bo‘lishi va mamlakatning COVID-19 pandemiyasiga qarshi sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan tayinlangan umumiy chora-tadbirlariga rioya qilinishi lozim.

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanning ma’lum qilishicha, maktablar qayta ochilishidan oldin ular suv bilan ta’minlanishi, sanitariya va gigiyena sharoitlari sifatli va yetarli miqdorda yo‘lga qo‘yilishi kerak. O‘quvchilarga o‘qish uchun xavfsiz, ishonchli qulay muhit yaratish maqsadida maktablarda tozalash va dezinfeksiyalash ishlari tegishli ravishda ta’minlanganiga ishonch hosil qilish kerak.

Hisobotda qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab 818 million bola o‘z maktabida qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga ega emas, bu esa ularning COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanish xavfini oshiradi. Ularning uchdan bir qismdan ko‘prog‘ini yoki 295 millionini Afrikadagi Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlar bolalari tashkil etadi. Kam rivojlangan mamlakatlarda har 10 ta maktabning 7 tasi qo‘l yuvish uchun asosiy vositalarga, maktablarning yarmi esa asosiy sanitariya va suv ta’minotiga ega emas.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 tarqalishini nazorat qilishni istagan hukumatlar sog‘liqni saqlash choralarini amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlarni muvozanatga keltirishi kerak. Maktablarning uzoq vaqtga yopilishi bolalarning xavfsizligi, farovonligi va o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.

Sanitariya xizmatlaridan foydalanish maktablarda infeksiya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun zarurdir. Bu davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi davrida maktablarni xavfsiz qayta ochish va ishlatish bo‘yicha hukumat strategiyalarining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov davlat maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlashi yuzasidan sanitariya-me’yor qoidalari ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021-o‘quv yili uchun 3 ta ssenariy ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют