» » O‘zbekiston — Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston — Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi sanasi o‘zgardi


O‘zbekiston terma jamoasining 7-sentabrdagi Eronga qarshi uchrashuvi 7-oktabrga ko‘chirildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, FIFAning 2020-yil 18-avgust kuni O‘FAga yuborgan rasmiy xatiga muvofiq joriy yilning sentabr oyidagi FIFA kunlari 2022-yil yanvar oyigacha qoldirilgan.

“Shu sababli Eron futbol federatsiyasining iltimosiga binoan, O‘zbekiston — Eron o‘rtoqlik uchrashuvi 7-sentabrdan 7-oktabr sanasiga ko‘chirildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston — Tojikiston o‘rtoqlik o‘yini avvaldan reja qilinganidek, 3-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya: Mirjalol Qosimov, Maksim Shatskix, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Eldor Shomurodovlarning legioner sifatida urgan top-10 goli

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi JCh—2022 saralash o‘yinlari qoldirildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют