» » Belarusdagi Grodno shahri rasmiylari militsiya harakatlari uchun uzr so‘radi va miting o‘tkazishga ruxsat berdi

Belarusdagi Grodno shahri rasmiylari militsiya harakatlari uchun uzr so‘radi va miting o‘tkazishga ruxsat berdi


Belarusdagi Grodno shahri rasmiylari shahar markazida miting o‘tkazishga rasman ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Meduza. Deputatlar kengashi va shahar ijroiya qo‘mitasining tegishli murojaatlari ijroiya qo‘mitasi saytida e’lon qilingan

Qayd etilishicha, ijroiya qo‘mitasi namoyishchilarga tibbiy va texnik yordam ko‘rsatishga va muxolifat va kasaba uyushma vakillarining mahalliy televideniyega kirishini ta’minlashga va’da berdi. Rasmiylar korxona rahbarlariga ish tashlashlarda qatnashgan ishchilarga bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ko‘rsatma beradi.

Shuningdek, mitingda hibsga olinganlarning barchasi qo‘yib yuborilgani va shahar militsiyasi rahbariyati ulardan ommaviy uzr so‘ragani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz,  Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tgandi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylovda Aleksandr Lukashenko oltinchi marotaba yutganini e’lon qilgan. Shundan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishi boshlangan.

Avvalroq Belarus prezidenti Lukashenko havo-desant brigadasini Vitebskdan mamlakat g‘arbiy chegarasidagi Grodno shahriga joylashtirish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum qilingandi. Bu nima sababdan amalga oshirilayotganiga oydinlik kiritilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют