O‘zbekistonda yanvar—iyul oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil yanvar—iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019-yilning shu davrida 147 650 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 168 711 donani tashkil etgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yil yanvar—iyul oylari ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi quyidagicha:
Shuningdek, yuk avtomobillarini ishlab chiqarishda esa kamayish kuzatilgan. 2019-yilda — 2985 dona, 2020-yilda — 2169.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish esa ko‘paygan. 2019-yilda 114,6 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda — 137,2 dona. Bundan tashqari, 2020-yil yanvar—iyul oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etgan (2019-yilda — 797).
Avvalroq UzAuto Motors yetti oyda o‘tgan yilgiga nisbatan 22 ming dona ko‘p avtomobil chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
