» » Hokimdan kaltak yeganini aytgan qashqadaryolik fermer ishini viloyat prokuraturasi o‘rganadi

Hokimdan kaltak yeganini aytgan qashqadaryolik fermer ishini viloyat prokuraturasi o‘rganadi


Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayevdan kaltak yeganini aytgan Ziyodulla Jabborov ishini viloyat prokuraturasi o‘rganadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik axborot xizmatining xabar berishicha, qamashilik fermer Ziyodulla Jabborovning hokimdan kaltak yegani aytilgan maqola e’lon qilingach, viloyat rahbari Zoir Mirzayev Qamashi tumanida bo‘lgan va holatni o‘rgangan.

“Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat hokimi Zoir Mirzayev bugun Qamashi tumanida bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi va maqoladagi vajlar asossiz deb topildi. Kerak bo‘lsa, fermer ekspertizadan o‘tkazilib, holat yolg‘on ekani aniqlangan taqdirda tegishli tartibda qonuniy jazolanishi taklif etildi. Holat to‘liq viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganiladigan bo‘ldi”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”ga murojaat qilgan fermer hokim Sherali Sanayev uni kaltaklagan paytda voqea joyida tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari, hudud profilaktika inspektori hamda yana bir fermer borligini ma’lum qilgandi.

Voqeani tasdiqlagan prokuror Husniddin Bobomurodov hokimning fermerga qo‘l ko‘targanini rad etgan bo‘lsa, IIB profilaktika inspektori G‘iyos Ernazarov hamda shaxsi ochiqlanishidan qo‘rqqan yana bir fermer Ziyodulla Jabborovning hokim tomonidan kaltaklanganini tasdiqlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют