» » Samarqandda profilaktika inspektori suvga cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

Samarqandda profilaktika inspektori suvga cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi


Samarqand shahrida profilaktika inspektori va uning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari Obirahmat kanalidan oqib o‘tuvchi suvda cho‘kayotgan mast fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 14-avgust kuni soat taxminan 14:15 atrofida Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Obirahmat kanali yon atrofida o‘z xizmat faoliyatini olib borayotgan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 7-son IIB profilaktika inspektori F.Rahmatov noma’lum fuqaroning suvda cho‘kayotganini ko‘rib qolgan. Zudlik bilan qutqaruv choralari ko‘rilib, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari K.Mahmudov hamda A.Norqulov fuqaroni suvdan olib chiqqan.

Hodisa joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirilgan. Tibbiy yordam xizmati yetib kelgunga qadar profilaktika inspektori tomonidan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, hushiga keltirilgan. O‘z vaqtida yetib kelgan tez tibbiy yordam xizmati shifokorlari fuqaroga kerakli muolajalarni ko‘rsatgan.

Tekshiruv davomida fuqaro kuchli darajada mast holatda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxs Samarqand shahar “Gala Osiyo” MFYda yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan X.I. ekanligi aniqlanib, yashash xonadoniga sog‘-salomat olib borilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют