» » AQShda navigatorga ishongan yuk mashina haydovchisi daryoga tushib ketdi

AQShda navigatorga ishongan yuk mashina haydovchisi daryoga tushib ketdi


Missurida yo‘lni qisqartirish maqsadida navigator orqali aylanma yo‘ldan yurishga qaror qilgan 40 tonnali yuk mashina haydovchisi avariyaga uchradi. GPS tizimi avtomobilni og‘ir yuk mashinasiga mo‘ljallanmagan daryo ko‘prigi ustidan o‘tuvchi yo‘lga boshlagan, deb xabar beradi Motor.

40 tonnali yuk mashinasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yurib, tirbandlikda qolib ketmaslik uchun aylanma yo‘ldan yurishga qaror qilgan. Navigatorga ishongan haydovchi o‘rmon yo‘li orqali daryo ustidan o‘tgan ko‘prik qarshisidan chiqqan. Biroq harakatni davom ettirish katta xato bo‘lgan.

Haydovchi ko‘prikka chiqishga ulgurmasidan, konstruksiya uzilib ketgan, yuk mashinasining kabinasi va yarmi pastga osilib qolgan. O‘zining og‘irligiga qo‘shimcha ravishda yana 20 tonna yukni olib ketayotgan yuk mashinasi sabab ko‘prik tom ma’noda parchalanib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ma’lum qilishicha, ushbu ko‘prik yaxshi ahvolda bo‘lgani bilan yuk avtomobillari navigatsiyasi uchun mo‘ljallanmagan. Undan faqatgina 5 tonnagacha bo‘lgan transport vositalari harakatlanishi mumkin.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida haydovchiga jabr yetmagan, biroq u yuklaridan ayrilgan.

Mavzuga doir: Britaniyalik fuqaro navigatordagi xatolik sabab Rimga boraman deb Germaniyaga kelib qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют