» » YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi


Munir Mamedzoda BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati xabar berdi.

Lavozimga tayinlangunga qadar Munir Mamedzoda so‘nggi uch yil davomida YuNISEFning Qirg‘izistondagi vakili o‘rinbosari sifatida ishlagan. Shuningdek, YuNISEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasida ishlagan.

YuNISEFdagi faoliyatiga qadar u turli sohalarda bir qator lavozimlarda, xususan, yoshlar masalalari bo‘yicha yirik nodavlat tashkilotining ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman idorasining xalqaro bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi avvalgi rahbari Sasha Graumann ushbu lavozimni 2016-yilning oktabr oyidan beri egallab kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют