» » Qo‘qon ko‘chalarida yo‘lovchilari isiriq tutatib yurgan yuk mashinasi haydovchisiga ma’muriy jarima tayinlandi

Qo‘qon ko‘chalarida yo‘lovchilari isiriq tutatib yurgan yuk mashinasi haydovchisiga ma’muriy jarima tayinlandi


18-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilinayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh bergandi.

Izohga ko‘ra, Qo‘qon shahar “Toza hudud” DUK tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketgan.

O‘zAning xabar berishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqaramasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan va Qo‘qon shahar “Toza hudud” DUKga qarashli mashina haydovchisiga qoidabuzarlik uchun jarima belgilangan.

Farg‘ona IIB YHXB ma’lumoti bo‘yicha haydovchi yo‘l harakati qoidalarining 156-bandini buzib, odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida yo‘lovchi tashigan va unga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziriligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov (hozirda agentlik direktori o‘rinbosari) koronavirusdan himoyalanish uchun uy sharoitida isiriqdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgandi. Oliy Majlis Senatining fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi teplovizorlar yordamida tekshirilgani, kirish joyida qo‘riqchilardan biri isiriq tutatgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют