» » Bobomurod Abdullayev tilxat asosida ozod qilindi

Bobomurod Abdullayev tilxat asosida ozod qilindi


Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan jurnalist Bobomurod Abdullayev 22-avgust, shanba kuni xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi to‘g‘risidagi tilxatga asosan ozod qilindi. Bu haqda Milliy mass-mediani rivojlantirish fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘z Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston so‘roviga muvofiq 8-avgust kuni Qirg‘izistonda hibsga olingan. Bu haqda ma’lum qilgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi uning qanday ayblov asosida qamoqqa olingani yuzasidan tafsilotlarni oshkor qilmagandi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum jurnalistning Bishkekda hibsga olingani haqidagi xabarlardan xavotirdaligini bildirgan.

“Kun.uz” nashri DXX axborot xizmati tomonidan taqdim qilingan Bobomurod Abdullayevning prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan videomurojaatini e’lon qilgan. Jurnalist davlat rahbariga onasining videomurojaatini ko‘rib chiqib ijobiy hal etilgani uchun minnatdorlik bildirgan. Abdullayevning onasi prezidentga qilgan murojaatida o‘g‘lining taqdiridan xavotirda ekanini aytib o‘tgandi.

Bobomurod Abdullayev Bishkekdan Toshkentga harbiy samolyotda olib kelingani, DXX xodimlari u bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini qayd etgan.

Shuningdek, journalist 2018-yildagi voqealar va ozod qilinganidan keyin o‘ziga hamda onasiga bunday mazmundagi maqolalarni boshqa yozmaslik haqida so‘z bergani, hali ham ahdiga sodiq ekanini ta’kidlagan.

Abdullayev videomurojaatida vatan hamda xalq xizmatida bo‘lish uchun bor bilim va tajribasini safarbar etishga tayyorligini ham aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют