» » Jizzaxdagi avariyada yo‘l chetida savdo qilayotgan 10 yoshli bola jarohatlandi

Jizzaxdagi avariyada yo‘l chetida savdo qilayotgan 10 yoshli bola jarohatlandi


Jizzax shahri “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududidagi Toshkent ko‘chasida Nexia haydovchisi o‘zidan oldinda qayrilib olayotgan boshqa bir Nexia’ni urib yuborgan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

2002-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘zidan oldinda chapga qayrilayotgan 1966-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Nexia’ni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va mashinalar to‘qnashgan. Oqibatda yo‘l chetida savdo qilayotgan 10 yoshli bolaga jarohat yetgan.

2010-yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avgust oyida Nexia ishtirokidagi avariyalar O‘zbekistonning turli hududlarida sodir bo‘lgan. Xususan, 15-avgustda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida Nexia haydovchisi velosipedchini urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan, 18-avgust kuni Namangan viloyati Pop tumanida “ZIL” va Nexia avtomashinalari ishtirokida YTHda yengil mashina haydovchisi 34 yoshli Sh.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan, 19-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi (Nexia haydovchisi 33 yoshli B.E. hamda undagi yo‘lovchilar — 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N.) hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют